O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Pokiston Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot
2020-10-22 | Siyosat
2020-yilning 22-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi Oʻzbekiston-Pokiston munosabatlarining holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Afgʻonistonni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga jalb qilish orqali mazkur mamlakatda tinchlik va barqarorlikka erishish borasidagi saʼy-harakatlarni birlashtirishning muhimligi qayd etildi.
Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi transport yoʻlaklarini rivojlantirish hamda oʻzaro savdo hajmini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tashqi ishlar mahkamalari rahbarlari xalqaro tashkilotlar doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlik masalalarini koʻrib chiqdilar.
Tomonlar umumiy kun tartibidagi boshqa masalalar boʻyicha ham fikr almashdilar.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi