O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

83 ta vazirlik va idoraning 200 nafar xodimi uchun “Ochiq ma’lumotlar” o‘quv haftaligi tashkil etildi

2020-10-22 | Texnologiyalar

Joriy yilning 13–21- oktabr kunlari 83 ta vazirlik va idoralarning 200 nafar xodimi uchun  “Ochiq ma’lumotlar” bo‘yicha o‘quv haftaligi o‘tkazildi.

Mazkur haftalik doirasida ishtirokchilar "Ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirish" mavzusidagi turli o‘quv vebinar va seminarlarda ochiq ma'lumotlar bilan ishlash bo‘yicha o‘z malakasini oshirishdi.

Ushbu tadbirlar Prezidentimizning 2019- yil 9- apreldagi "Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistik salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori, davlatimiz rahbarining shu yil 5- oktabrdagi "Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori, shuningdek, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki (IT-park) tomonidan tashkil etilmoqda.

Ushbu o‘quv vebinar va seminarlarning asosiy maqsadi – "Ochiq ma'lumotlar", ularning ahamiyati va zaruriyati, materiallardan foydalanishning afzalliklari, ma'lumotlar to‘plamlarini O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portaliga (https://data.gov.uz/) joylashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Haftalik davomida ishtirokchilar portal foydalanuvchilariga Internet tarmog‘idagi ochiq ma'lumotlardan foydalanishning yagona nuqtasini taqdim etish, joylashtirilgan ochiq ma'lumotlarning dolzarbligi masalalari bo‘yicha ochiq ma'lumotlarni yetkazib beruvchilar bilan qayta aloqani ta'minlash masalalarida tajriba oshirdi.

Shuningdek, seminar qatnashchilari yangi ochiq ma'lumotlarni e'lon qilish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqish, ochiq ma'lumotlarni olishda foydalanuvchilar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash borasida ham bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ldi.

Ochiq ma'lumotlarni yetkazib beruvchilarning faoliyati ochiq-oshkoraligini ta'minlash va Portalda joylashtiriladigan ochiq ma'lumotlar yordamida samarali iqtisodiy qarorlarni qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur shart-sharoit yaratish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Ta'kidlash lozim, ochiq ma'lumotlar – bu har kim olishi, foydalanishi va almashish imkoniyatiga ega bo‘lgan ma'lumotlar. Hukumatlar, korxonalar va jismoniy shaxslar ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik foyda olish uchun ochiq ma'lumotlardan keng foydalanishi mumkin.

“Ochiq ma'lumotlar” bo‘yicha tashkil etilgan ushbu o‘quv haftalikni kelgusida ham muntazam o‘tkazish, xodimlarning ochiq ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha malaka va ko‘nikmasini oshirib borish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Поделиться