O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi
2020-10-22 | Sog‘liqni saqlash
TOShKENT, 22-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini O‘zbekistonda tashkil etish masalasi bo‘yicha Xitoy Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti va «Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical» kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri vazirlik manbasiga asoslanib.
Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari xitoylik hamkorlar bilan emlash jarayonini tashkil etish, jarayonga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi