O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm sohasida “Tourism. The Path to Innovation” startaplar tanlovi eʼlon qilindi

2020-10-21 | Turizm

IT Park, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda turizm sohasida startaplar tanlovi eʼlon qildi.

“Tourism. The Path to Innovation” — bu mamlakat turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, sohadagi innovatsiyalarni rivojlantirish, mamlakat turizm salohiyati targʻib qilish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan startaplar uchun tanlovdir.

Ushbu tanlovning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashning kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida startaplar va turizm ekotizimini rivojlantirish, shuningdek, mamlakat ichki turizmi va turizm sohasida yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Tanlovning umumiy sovrin jamgʻarmasi 1,5 milliarddan soʻmdan iborat.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться