O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi

2020-10-20 | Siyosat

20-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Amerika Qoʻshma Shtatlari Qurolli kuchlari Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni general Kennet Makkenzini qabul qildi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-AQSH munosabatlari va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar hamda global xatarlarga qarshi kurashish mavzulariga alohida eʼtibor qaratildi.

Afgʻonistonda tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash hamda ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga amaliy koʻmak koʻrsatish yuzasidan fikr almashildi.

Ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalari ham koʻrib chiqildi.

General Makkenzi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga uchrashuv uchun samimiy minnatdorlik bildirib, AQSH mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, keng koʻlamli hamkorlikni kengaytirish borasida qatʼiy ekanini taʼkidladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться