O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2020-10-19 | Iqtisodiyot

Investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Kudratov bilan Vengriyaning eksportni rivojlantirish va sharqiy aloqalar bo‘yicha davlat kotibining o‘rinbosarlari I.Yoo va A.Barani o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Vengriya sherikligining kun tartibidagi dolzarb masalalari va uni ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
 
E'tibor markazida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini jalb qilgan holda sanoat kooperatsiyasi sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari bo‘ldi. Vengriya tomoniga amalga oshirish uchun hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston tomonidan tashabbuskorlar aniqlanib bo‘lingan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, farmasevtika, kimyo sanoati sohasidagi 40 ta istiqbolli loyihalar ro‘yxati ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi. Vengriyalik hamkasblar ushbu loyihalarni o‘rganishni darhol boshlashga, shuningdek, Vengriya tadbirkorlari orasida bo‘lajak sheriklarni izlashga tayyorligini bildirdilar.
 
2019-yil yakunlari bo‘ycha erishilgan O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi savdo aylanmasining sezilarli o‘sishi hamda 2020-yilda o‘zaro savdoda kuzatilgan ijobiy tendensiyalari qayd etildi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasini yanada oshirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashdilar va bu borada aniq qadamlarni, jumladan, qo‘shma savdo uyini ochish va Budapesht shahrida O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining ko‘rgazmasini tashkil etishni belgilab oldilar.
 
Shuningdek, tomonlar joriy yilning noyabr' oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ishlarining borishini ham muhokama qildilar.
 
Ilm-fan va ta'lim sohasida o‘zaro aloqalarga alohida to‘xtalib o‘tildi – bu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan Vengriyaning Debresen universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida ishlab chiqilayotgan bitim alohida ahamiyatga egadir. Uning imzolanishi “ikki diplom”larni tan olish amaliyotini ikki tomonlama asosda joriy etishga imkon beradi hamda Vengriya va O‘zbekistonda qo‘shma fakul'tetlarni ochish uchun imkoniyatlarni yaratadi.
 
Kelgusidagi hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qilish uchun Vengriyaning Debresen universiteti rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
VKA doirasida tomonlar mintaqalararo sheriklik masalalarini ham muhokama qildilar - Vengriyaning Vesprem viloyati va O‘zbekistonning Navoiy viloyati, shuningdek, Peshten va Toshkent viloyatlari o‘rtasida qardosh munosabatlarni o‘rnatish uchun shart-sharoitlar ko‘rib chiqildi.
 
Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida muhokama etilgan yo‘nalishlar doirasida muntazam ravishda muloqot qilishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться