O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Daholar sen bilan dunyoga boqqan

2020-10-19 | Madaniyat

Har bir millat, xalq o'z ona tili bilan faxrlanadi. Xorijlik mehmonning chin o'zbekona lutfda so'zlaganini eshitsak bormi, yuragimiz to'lib, mag'rurlanib ketamiz. Chunki til nafaqat muomala vositasi, balki millatning ma'naviy ruhini namoyon etuvchi qudratli kuchdir.

Jahonda tillar ko'p. Lekin ular orasida o'zbek tilining qadr-qimmati biz uchun o'zgacha. Ona tilimiz bilan har qancha faxrlansak ham, shuncha oz. Chunki shu til orqali biz Ona allasini, oila, Vatan va butun borliqni anglaymiz. Ilmu ma'rifatli bo'lamiz. Demak, inson kamolotida ona tilining o'rni beqiyos.   

Tilga e'tibor masalasi yurtimiz hali o'z istiqlolini qo'lga kiritmagan davrdayoq boshlangan edi. O'shanda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilib, milliy mustaqillikka erishish yo'lida dadil qadam tashlangandi. Ko'p o'tmay, xalqimizning tarixiy orzusi ushalib, davlat tilimiz jahon hamjamiyatidan mustahkam o'rin oldi. U milliy mustaqilligimiz va g'ururimiz timsoliga aylandi.

Bugungi kunda o'zbek tilining hayotimizdagi o'rnini yanada yuksaltirish borasida ko'p ishlar qilinyapti. Ayniqsa davlatimiz rahbarining “O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni ona tilimizga bo'lgan chuqur e'tibor va ehtiromning amaliy ifodasi bo'ldi. Mazkur farmon bilan 21 oktyabr` sanasi O'zbek tili bayrami kuni sifatida belgilandi.

Bu yil O'zbek tili bayrami “Qadring baland bo'lsin, ona tilim!” shiori ostida mamlakatimiz bo'ylab keng nishonlanmoqda. Ta'lim muassasamizda o'tkazilgan tadbir ham ona tilimizning boqiy qudratiga bag'ishlandi. Unda tilshunos olimlar, adabiyot namoyandalari, professor-o'qituvchilar va kursant yoshlarimiz ishtirok etdi.

Tadbir avvalida buyuk ajdodlarimiz – hazrat Alisher Navoiy hamda Abdulhamid Cho'lponning barhayot xotiralariga atab bunyod etilgan yorgorlik byusti poyiga gul qo'yildi. Shundan so'ng mehmonlar “Tilini asragan – elini asraydi!” mavzuidagi anjumanda chiqish qilishdi. O'zbek tilining tarixi, mustaqillik yillari tilga e'tibor masalalari, tilshunoslikka oid tadqiqotlar, milliy yuksalishda davlat tilining ahamiyati haqidagi mulohazalar barchada qiziqish uyg'otdi.

Ta'kidlash joizki, mamlakatimiz hayotida kechayotgan ma'naviy-ma'rifiy yangilanishlar, eng avvalo, yoshlar tarbiyasi, ularning bilim olib, kasb-hunar egallashi, yurtimizning ertangi kuni uchun munosib insonlar bo'lib voyaga etishishiga qaratilgan. Unib-o'sib kelayotgan o'g'il-qizlarning ona Vatanimizga bo'lgan daxldorligini yuksaltirishda o'zbek tilining ahamiyati va mavqei beqiyos o'rin tutadi. Prezidentimizning bu borada qabul qilgan muhim farmonlari milliy g'ururimizni yuksaltirish barobarida, o'zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini bundan-da mustahkamlashga xizmat qilishi, shubhasiz.    

Rajabboy OTAJONOV,

IIV Akademiyasi boshlig'ining o'rinbosari, podpolkovnik

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться