O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishdagi vazifalar muhokama qilindi

2020-10-18 | Texnologiyalar

Joriy yilning 16-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan O‘zkomnazoratning videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Farmon bilan belgilangan vazifalar, strategiya, hudud va tarmoqlarni transformatsiya qilish dasturlari, chora-tadbirlar, yo‘l xaritalari va loyihalarning muddatida, sifatli amalga oshirilishini doimiy ravishda monitoring va tahlil qilish asosiy vazifa etib belgilanishi, bu bo‘yicha O‘zkomnazoratning Respublika va hududiy ishchi guruhlari shakllantirilib, har bir hudud va tarmoqlar bo‘yicha mas’ullar belgilab olingani, vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Videoselektorda shuningdek, Farmon bilan belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini monitoring va tahlil qilish samaradorligini oshirish uchun axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalanish hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Farmonda qayd etilgan topshiriqlar, strategiya, dasturlar, chora-tadbirlar, yo‘l xaritalari va loyihalarning o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlashda O‘zkomnazorat tomonidan amalga oshiriladigan asosiy vazifalar belgilab olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Поделиться