Samarqandda arzonlashtirilgan narxlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi
Bugun, 18-oktabr -Samarqand shahri kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘ida va shu nomdagi ko‘chada “Tabiat saxovati” nomli yarmarkada viloyatimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari va chuqur qayta ishlangan tayyor va arzonlashtirilgan oziq-ovqat (sut, go‘sht, baliq va un mahsulotlari) va kundalik ehtiyoj mollari arzon narxlarda sotilmoqda.
Bu esa aholiga arzon va sifatli mahsulotlarni yetkazish bilan birga narxlarning sun'iy va asossiz ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslikka olib kelmoqda.
Yarmarka 24-oktabrga qadar davom etadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi