Mudofaa vazirligi Toifalangan ob'ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan harbiy qismlardan birida “Yoshlar – kelajagimiz” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Umumta'lim maktablari o‘quvchilari va muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etgan mazkur tadbirda yoshlar e'tiboriga qurol-aslaha va harbiy texnikalar namoyishi hamda yurt posbonlarining ko‘rgazmali qo‘l jangi chiqishlari havola etildi.
Uchrashuv davomida o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan sananing ahamiyati, til me'yorlarga doimiy rioya etish va uni kelgusi avlodlarga ma'naviy meros sifatida yetkazish barchamizning burchimiz ekani alohida ta'kidlandi. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e'tibor va g‘amho‘rlik, ular uchun ochilayotgan keng imkoniyatlar eshiklari ham yig‘ilganlar e'tiboridan chetda qolmadi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi