O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro press-klub ishtirokchilari “O‘zbekiston - BMT: muhim tashabbuslar va hamkorlik natijalari” mavzusida fikr almashdi

2020-10-17 | Siyosat

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylanganiga bag‘ishlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«O‘zbekiston - BMT: muhim tashabbuslar va hamkorlik natijalari» mavzusida bo‘lib o‘tgan sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzer va boshqalar ishtirok etdi.

Sessiya uchun tanlangan mavzu jiddiy va o‘ta muhim edi. Uning ishtirokchilari inson huquqlari sohasiga doir ko‘plab masalalar haqida anjuman davomida batafsil so‘zlab berdi.

Quyida ularning fikrlaridan iqtiboslar keltirilmoqda.

Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari:

— O‘zbekiston ilk bor BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston saylov jarayonida eng ko‘p ovoz oldi. Buning ahamiyatini hammamiz ham hozircha to‘liq anglaganimiz yo‘q. Bu Vatanimiz, davlatimiz tarixida burilish yasaydigan, so‘nggi 4 yilda olib borilayotgan islohotlarga yangi kuch beradigan yangi davr bo‘sag‘asida ekanimizni namoyon qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz o‘ta muhim maqsadga erishdi. O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tibori oshdi. Xalqaro obro‘, xalqaro imijni o‘zgartirish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Bu fundamental tushuncha ham diplomatiya, ham ichki siyosatni o‘zgartirish bilan bog‘liq. Biz bugun shuni xulosa qilishimiz mumkin-ki, xalqaro maydonda O‘zbekistonning rebrendingi, yangi qiyofasi vujudga keldi.

Xelena Freyzer, BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili:

— Darhaqiqat, so‘nggi yillarda O‘zbekiston erishgan yutuqlar katta e’tirofga loyiq. O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo bo‘lib saylangani o‘zbek xalqi oldida, qolaversa, xalqaro hamjamiyat oldida katta mas’uliyat hamdir.

Biz O‘zbekiston hukumati bilan inson huquqlarini ta’minlash sohasida qator loyihalarni amalga oshirish sohasida hamkorlikda faoliyat olib boryapmiz. Xususan, Nogironlar konvensiyasini ratifikatsiya qilish bo‘yicha ishlayapmiz. Shuningdek, hibsga olingan shaxslar huquqini himoya qilish O‘zbekiston uchun muhim vazifalardan biridir.

Men O‘zbekistonda ishlayotganimdan faxrlanaman va BMT barcha yo‘nalish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanini ma’lum qilaman.

Akmal Saidov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari BMT Kengashiga saylanish oson kechmagani, bu borada katta ishlar qilinganini ta’kidladi.

— So‘nggi to‘rt yil davomida O‘zbekistonga BMTning to‘rtta yuqori darajali vakili tashrif buyurdi. Jumladan, 2017 yil may oyida BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn boshchiligidagi BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi delegatsiyasi, 2017 yil sentyabr oyida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid, 2018 yil Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida qatnashish uchun BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Jeneva shahridagi bo‘linmasi bosh direktori Maykl Myoller, 2019 yil oktyabr oyida BMTning Sudyalar va advokatlar mustaqilligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan keldi.

Ular o‘z tashriflari doirasida mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishdi, avval berilgan tavsiyalar amaliyotga qay darajada tadbiq etilganini o‘rgandi. O‘ylaymanki, ushbu rasmiy shaxslarning xulosalari IHTga saylov jarayonida o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Abdulaziz Kamilov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri:

— Atigi uch yil oldin vaziyat mutlaqo boshqa edi. Inson huquqlari yo‘nalishida oldimizda qator dolzarb masala va vazifalar turgan edi. Xususan, turli xalqaro tashkilotlar, xalqaro markazlar, yetakchi davlatlar vakillarida O‘zbekiston hech qachon isloh qilinmaydigan davlat va jamiyat, degan munosabat bor edi.

Prezidentimiz rahnamoligida boshlangan islohotlar samarasida biz xalqaro tashkilotlar bilan bundan 20 yil oldingi vaqt mobaynida erishib bo‘lmagan yuksak darajada ishlash darajasiga chiqdik.

Ma’lumki, BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi O‘zbekistonga nisbatan eng tanqidiy munosabatdagi xalqaro tashkilot bo‘lgan. Mamlakatimizdagi izchil islohotlar samarasida biz ushbu kengashga a’zo bo‘lishga erishdik.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться