O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jon Makgregor: O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylangani – mamlakatning muvaffaqiyatli tashqi siyosatini namoyish etuvchi voqeadir

2020-10-16 | Jamiyat

TOShKENT, 16-oktabr. /«Dunyo» AA/. YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Jon Makgregor mamlakatimizning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylanishini tarixiy voqea sifatida baholadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

— O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylangani juda muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Chunki respublika o‘z tarixida birinchi marta 47 ta davlatni o‘z ichiga olgan eng yirik nufuzli xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi, — dedi YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari rahbari. — O‘zbekiston 2,5 oydan so‘ng Kengashda uch yil muddatga belgilangan faoliyatini boshlaydi.

BMT Bosh Assambleyasining Kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi 60/251 sonli qaroriga muvofiq, Kengash a’zolari inson huquqlarini himoya qilishda eng yuqori standartlarga rioya qiladi.

Kengashga a’zolikning yuqori talablari O‘zbekiston zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi, lekin respublika ularning barchasini sharaf bilan bajaradi. Buning uchun juda ko‘p ishlash, hamkorlikni mustahkamlash kerak bo‘ladi.

YeXHT loyihalari muvofiqlashtiruvchisi O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha eng yuqori standartlarni o‘z ichiga olgan YeXHT majburiyatlarini bajarish bo‘yicha sa’y-harakatlarini muntazam qo‘llab-quvvatlaydi.

Ushbu voqelik O‘zbekistonning muvaffaqiyatli tashqi siyosatini namoyish etmoqda. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatning so‘nggi to‘rt yil ichida erishgan yutuqlaridan dalolat bermoqda. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari YeXHT majburiyatlari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Men O‘zbekiston Respublikasini BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylangani bilan chin qalbimdan qutlayman.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться