O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchinchi uchrashuvi to‘g‘risida

2020-10-15 | Siyosat

2020-yilning 15-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlarining videokonferensiya shaklidagi uchinchi uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov qatnashdi.

Uchrashuv davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, migratsiya, madaniy-gumanitar, xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik farovonlikni ta’minlash sohalarida o‘zaro aloqalarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston TIV rahbari uchrashuv ishtirokchilariga mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi samarali kurashish, pandemiyaning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohadagi salbiy oqibatlarini yumshatish, hududlarda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali aholi bandligini ta’minlash, korxonalar va milliy eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi, bunda Afg‘onistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikka yanada jalb qilish muhim omil hisoblanishi qayd etildi.

Tadbir yakunida “Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirlarining hamkorlikning strategik yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bayonoti” qabul qilindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться