O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi
2020-10-15 | ShHT
TOShKENT, 15-oktabr. /“Dunyo” AA/. Kecha videokonferensaloqa rejimida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar milliy koordinatorlarining navbatdagi muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir chog‘ida asosiy e’tibor ShHTga a’zo Davlatlar rahbarlari kengashining joriy yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan majlisiga taqdim etiladigan hujjatlar loyihalarini muhokama qilish va tasdiqlashga qaratildi.
ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan ham fikr almashildi. Bu majlisga Hindiston birinchi marotaba raislik qiladi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi