O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buxoro viloyati IIBda navbatdagi shaxsiy qabul o'tkazildi
2020-10-15 | Jamiyat
14-oktabr kuni Buxoro viloyati IIB boshlig'i polkovnik Shuxrat Aliev, har haftaning chorshanba kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan shaxsiy qabul kunida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi.
Qabul davomida jami 18 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 6 tasi kadrlar bilan ishlash sohasiga (5 ta ichki ishlar organlari xizmatiga ishga kirish, 1 tasi xodimning xatti-harakatidan norozi bo'lib), 6 tasi dastlabki tergov, 3 tasi huquqbuzarliklar profilaktikasi, 2 tasi tezkor xizmatlar faoliyati bilan bog'liq va 1 tasi yo'l harakati xavfsizligi xizmatiga taalluqli bo'ldi.
Murojaatlarning barchasi bo'yicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirish berilib, qo'shimcha o'rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olindi va tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga murojaatlarni ko'rib chiqib qonuniy qaror qabul qilish uchun ko'rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi