O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Sadir Japarov nomiga Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Tabrik maktubida Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Sadir Japarovga o‘zaro manfaatli hamkorlikni barcha yo‘nalishlarda kengaytirishiga, shuningdek, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaati uchun strategik sheriklikni yanada mustahkamlashiga umid bildirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
Matbuot xizmati