O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kegeyli tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
2020-10-10 | Texnologiyalar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yilda Nukus shahri, Mo‘ynoq, Beruniy va Qonliko‘l, 2020-yili Ellikqa’la, Amudaryo tumanlarida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi.
Joriy yilning 10-oktabr kuni Kegeyli tumanida ham raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi. Ushbu markazga tumanda joylashgan barcha maktablarda 5-11 sinflarda ta’lim olayotgan 9 000 dan ortiq o‘quvchilarni, shuningdek uyushmagan yoshlarni hamda korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning AKT sohasidagi bilim saviyasini oshirish rejalashtirilmoqda.
Kegeyli tumani raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga vazirlik tomonidan o‘quv kurslarini tashkil etish uchun o‘quv xonasiga 11 ta, kibersport xonasiga 5 ta, robototexnika xonasiga 3 ta kompyuter texnikalari o‘rnatilib, internet tarmog‘iga ulangan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi