O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Har bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmadi
2020-10-10 | Texnologiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarligida Respublika ishchi guruhining 2020-yil 7-9 oktabr kunlari Buxoro viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlar kelib tushgan.
Sayyor qabulda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Jamol Maxsudov ishtirok etdi.
2020-yil 7-9 oktabr kunlari Buxoro viloyati Buxoro shahri, Vobkent, Romitan va Jondor tumanlarida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 20 ta ariza kelib tushdi. Sayyor qabulida qatnashgan fuqarolar quyidagi masalalar bilan murojaat qilishdi:
• simli telefon aloqasi va internet o‘tkazib berish - 17 ta;
• mobil aloqa sifatini yaxshilash - 1 ta;
• telefon nosozligi bo‘yicha - 1 ta;
• telefon liniyasini almashtirish to‘g‘risida – 1 ta.
Shundan 2 ta murojaatlar sayyor qabul davomida ijobiy hal qilinib, 18 ta murojaatlar o‘rganib chiqish uchun nazoratga olindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi