O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bangladesh Elchisi bilan uchrashuv
2020-10-09 | Siyosat
2020-yil 9-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Bangladesh Xalq Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Masud Mannanni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Bangladesh o‘rtasidagi har tomonlama sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va ularni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmlarini orttirish hamda qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik sanoati tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini kengaytirishning ustuvor ahamiyati qayd etildi.
Madaniyat, ta’lim va turizm sohalaridagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv so‘ngida Vazir Elchining O‘zbekistondagi yetti yillik faoliyati muvaffaqiyatli yakunlaganini qayd etib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash ishiga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Masud Mannan, o‘z navbatida, O‘zbekistonda samarali faoliyat yuritishiga yaratib berilgan qulay sharoitlar uchun tashakkur izhor etdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi