O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Belarus Elchisi bilan uchrashuv

2020-10-09 | Siyosat

2020-yil 9-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Belarus Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Leonid Marinich bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Belarus hamkorligining istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi.

Tomonlar bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali, jumladan Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi hamda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarni o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqdi.

Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться