O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat tilini rivojlantirishning huquqiy jihatlari

2020-10-09 | Madaniyat

Adliya vazirligida  2020-yil 7-oktabr kuni “Davlat tilini rivojlantirishning huquqiy jihatlari” mavzusida “Zoom” platformasida  davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Adliya vazirligi va uning huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi vakillari ishtirok etishdi.
 
Davra suhbatida ma'ruzachilar tomonidan “Davlat tili haqida”gi Qonunni takomillashtirish zarurati va unda belgilangan talablarga rioya etilishi, O‘zbekistonda davlat tilini rivojlantirish istiqbollari, qonun hujjatlaridagi davlat tili bilan, jumladan  atamalarni qo‘llash bilan bog‘liq muammolar hamda davlat tili masalalarini takomillashtirishda huquq va tilning integratsiyasini ta'minlash mavzulariga to‘xtalib o‘tildi.
 
Shuningdek, unda davlat tili masalasida bir qator muammolar ancha yillardan beri hal qilinmay, to‘planib qolganligi ta'kidlandi.
 
Jumladan, joriy yilning yanvar-mart oylari davomida Adliya vazirligiga turlik vazirlik, idora va tashkilotlardan jami 8031 ta xat va hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 1 200 dan ortig‘i (15-18 foizi) boshqa tillarda (asosan rus tilida) ekanligi, bu esa davlat tashkilotlari va idoralarida hamon davlat tilida ish yuritish bo‘yicha muammolar borligini, davlat xizmatchilarida davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish lozimligi, o‘zbek terminologiyasi sosiologiya, siyosatshunoslik, moliya va hokazo sohalardagi barcha nozik ma'no farqlarini o‘zida aks ettiruvchi boy atamalar bazasiga ega emasligi hamda turli tillardan asliyatdan tarjimalarni ko‘paytirish, shuningdek, o‘zbek tilida madaniy, ilmiy, badiiy manbalar bazasini boyitishimiz lozimligi aytib o‘tildi.
 
Davra suhbati yakunida mutaxassislar tomonidan davlat xizmatchilarida davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini oshirish lozimligi, universal o‘zbek tili grammatikasi va o‘zbek tilini zamonaviy o‘qitish tizimini ishlab chiqish kerakligi, terminologiya sohasida hozir biz uchun standartlashtirish va unifikasiya muhim ahamiyatga egaligini hisobga olib yangilangan va batafsil elektron lug‘atlar ishlab chiqish lozimligi va boshqa taklif va tavsiyalar berildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться