O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy taʼlimda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasi (ENQA) bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2020-10-09 | Ta’lim

Bugun, 9-oktabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inpeksiyasi vakillari hamda  Oliy taʼlimda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasi (ENQA) direktori Mariya Kelo oʻrtasida onlayn uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda ENQA tomonidan beriladigan strategik yordamlar, tashqi akkreditatsiya standartlarini Yevropa standartlariga moslashtirish boʻyicha hamkorlikdagi chora-tadbirlar hamda ENQA Bosh assambleyasida inspeksiya vakillarining ishtiroki kabi masalalar muhokama qilindi.

ENQA direktori Taʼlim inspeksiyasiga tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirar ekan, Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimini rivojlantirishda oʻz oldiga ulkan maqsadlar qoʻyganini eʼtirof etdi.

– Bu maqsadlarga erishish tabiiyki  vaqt talab qiladi. Shunday ekan, hukumat tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlarning qoʻllab-quvvatlanishi har qachongidan muhimroq ahamiyat kasb etadi, – dedi Mariya Kelo.

Bundan tashqari, u ENQA Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimini rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlarni qoʻllab-quvvatlashga doim tayyorligini ham bildirib oʻtdi.

Shundan soʻng Taʼlim inpeksiyasi boshligʻi Mariya xonimga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirar ekan, oliy taʼlim tizimida sifatni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan baʼzi mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Ulugʻbek Tashkenbayev soʻnggi yillarda yoshlarimiz orasida Yevropa davlatlarida tahsil olishga qiziqish kun sayin ortib borayotganligini taʼkidlar ekan, ushbu davlatlarda olingan diplomlarni tan olishda yuzaga kelayotgan muammolarga ham toʻxtalib oʻtdi.

Xususan, Yevropadagi oliy taʼlim tashkilotlarining oʻzlari joylashgan davlat yoki Yevropa sifat agentligi tomonidan akkreditaiyadan oʻtganligini tekshirish bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelayotgani alohida taʼkidlandi.

Muhokamalar davomida shuningdek, Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim jarayonlarida sifat koʻrsatkichlari boʻyicha Yevropa standartlarini joriy etish boʻyicha ham oʻzaro fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida  Kelo xonim 21-23-oktyabr kunlari ENQA tomonidan oʻtkaziladigan Bolonya jarayonidagi yangiliklar, oliy taʼlim sifati kafolati indikatorlariga bagʻishlangan vebinarlarda hamda Bosh assambleya yigʻilishlarida Taʼlim inspeksiyasi vakillarining ishtiroki muximligiga aloxida urgʻu berdi.

Shuningdek joriy yilning dekabr oyida Oʻzbekiston taʼlim sifati kafolati Milliy ekspertlari uchun “Yevropa taʼlim standartlari va milliy taʼlim standartlari uygunligi”ga bagʻishlangan ENQA ekspertlari ishtirokidagi yuqori darajadagi tadbir oʻtkazilishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Поделиться