O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Isroil Elchisi bilan uchrashuv
2020-10-08 | Siyosat
2020-yilning 8-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Isroil Davlati Elchisi Zexavit Ben Hillelni qabul qildi
Vazir ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, Elchini Oʻzbekistondagi missiyasining boshlanishi bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Isroil munosabatlarining hozirgi holati va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, shuningdek, BMT hamda boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha mavjud salohiyatni roʻyobga chiqarishga oʻzaro qiziqish bildirdi.
Joriy yilning IV choragida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarni onlayn videokonferensiya shaklida tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, ayrim mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham koʻrib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi