O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Bosh vazir kubogi-2020”: ilk kundanoq kutilgan va kutilmagan natijalar
2020-10-04 | Sport
Bugun poytaxtimizdagi “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasiga start berildi.
Dastlab jamoalar oʻtish bosqichida maydonga tushdi. Ularda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
“Asaka” bank – Madaniyat vazirligi – 6:0
“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati – Oʻzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi – 5:3
Gidrometeorologiya xizmati markazi – Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi – 2:2 (pen. 3:1)
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi – Qishloq xoʻjaligi vazirligi – 0:4
Xalq taʼlimi vazirligi – Tovar xom ashyo birjasi – 5:0
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi – “Milliy bank” – 0:5
Oʻzbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarini amalga oshirish agentligi – “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” – 3:0
Shundan soʻng 1/32 final bosqichiga start berildi. Bu bosqichda ham bir qator yirik hisoblar qayd etilishi barobarida ayrim jamoalar oʻyinga yetib kelishmaganligi koʻngilni biroz xira qildi.
Oʻyinlarda qayd etilgan natijalar:
“Mikrokredit” bank – “Uzvtorsvetmet” AJ – 7:0
“UniconUz-FTMTM” UK – Transport vazirligi – 1:0
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – Qurilish vazirligi +:-
“Oʻzbekneftegaz”AJ – Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti – 5:1
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – Milliy Olimpiya qoʻmitasi – 7:0
Respublika “Hunarmand” uyushmasi – Transport vazirligi xuzuridagi avtomobil yoʻllari qoʻmitasi – 1:9
“Oʻzbekkoʻmir” AJ – Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi – 6:0
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi – 2:2 (pen. 4:3)
Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashi – Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi – 0:0 (pen. 6:7)
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi – Tashqi ishlar vazirligi – 0:5
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi – “Oʻztransgaz” AJ – 4:0
Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona – Suv xoʻjaligi vazirligi – 0:9
Innovatsion rivojlanish vazirligi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi – 0:1
DUK “Sharq” nashriyoti – “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” AJ – 0:1
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniya – Moliya vazirligi – 0:0 (pen. 2:4)
Adliya vazirligi – Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi +:-
“Oʻzdonmahsulot”AK – “Oʻzbektelekom” AJ -:+
5-oktyabr kuni 1/32 final bosqichining qolgan uchrashuvlari davom ettiriladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi