O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq xoʻjaligi loyihalari koʻzdan kechirildi

2020-10-02 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-oktabr kuni Nukus shahridagi “Qoraqalpoq baliq sanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishdi.

Bu korxona yiliga 200 tonna baliq va 5 million dona baliq lichinkalari yetishtirish, 5 ming tonna ozuqa yem tayyorlash quvvatiga ega. U shu yil iyulda faoliyat boshladi, 35 ta ish oʻrni yaratildi.

Loyihaning ahamiyati shundaki, korxonada yopiq sigʻimda intensiv usulda baliq yetishtiriladi. Yaʼni, suvdan takroran foydalanish evaziga katta hajmda suv tejaladi. Masalan, 200 tonna baliq yetishtirish uchun oddiy sharoitda 1,5 million metr kub suv sarflansa, bu yerda 250 metr kub yetarli. Bu Qoraqalpogʻiston uchun juda muhim.

Korxonada, shuningdek, qayta ishlash quvvati va muzlatgich tashkil etilgan.

Shu yerda qishloq xoʻjaligi tarmoqlaridagi loyihalar taqdimot qilindi. Davlatimiz rahbari chorvachilikda oilaviy koopersiyalarni yoʻlga qoʻyib, parrandani koʻpaytirib, goʻsht narxini arzonlashtirish choralarini koʻrish muhimligini taʼkidladi. Hududda yer va suvning aniq hisobini yuritish, bunga axborot texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться