O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Elchisi Avstriya Federal Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

2020-10-02 | Siyosat

2020-yilning 30-sentabr kuni Vena shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Abat Fayzullayev Avstriya Respublikasi Federal Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirdi.

“Xofburg” saroyida boʻlib oʻtgan marosimda faxriy qorovul saf tortib, milliy madhiyalar yangradi.

Tadbirda, shuningdek, mezbon mamlakat tomonidan Avstriya Prezidentining tashqi siyosat va harbiy masalalar boʻyicha maslahatchilari, Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.

Suhbat davomida Federal Prezidenti alohida avstriyaliklar Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan yuqori surʼatdagi oʻzgarishlar va keng koʻlamli islohotlardan yaxshi xabardor ekanligini alohida ta'kidladi. Soʻnggi yillarda Yevropada va butun dunyoda Oʻzbekistonning obroʻsi tez oshayotgani buning yorqin isbotidir.

Muloqotda Oʻzbekiston-Avstriya munosabatlaridagi ijobiy oʻsish yuqori baholandi hamda savdo, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Eslatib oʻtamiz, A. Fayzullayev 2020-yilning 19-avgustida ishonch yorliqlari nusxalarini Avstriya tashqi ishlar vazirligiga topshirgan edi. Diplomatik protokolga koʻra, u “Xofburg”da Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlari asl nusxalarini topshirgan paytdan boshlab, Oʻzbekiston elchisi sifatida oʻz vazifasiga toʻliq kirishgan, deb hisoblanadi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться