O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Elektroaloqa/AKT bo‘yicha ekspertlar guruhi va uy xo‘jaliklarida AKT ko‘rsatkichlari bo‘yicha takroriy uchrashuv

2020-09-30 | Texnologiyalar

2020- yil 29- sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida videokonferentsiya rejimida telekommunikatsiya/AKT sohasidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ekspertlar guruhining 11-yig‘ilishi va uy xo‘jaliklarida AKT ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad joriy yilning 14-sentabrida bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlis xulosalarini e’lon qilishdan iborat bo‘lib, ushbu tadbirda kotibiyatning 2020-yilda AKTni rivojlantirish indeksini e’lon qilish bo‘yicha takliflarini muhokama qilish uchun 300 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar, Xizmatlar sohasi statistikasi, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi hamda Narxlar statistikasi boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

Joriy yilning 14-18- sentabr kunlari AKT sohasidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ekspertlar guruhining 11-yig‘ilishi va uy xo‘jaliklarida AKT ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlarning maqsadi hozirgi ish davrida telekommunikatsiya/AKT bo‘yicha ekspertlar guruhi va uy xo‘jaliklari ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhining onlayn muhokamalar forumlari ishtirokchilaridan olingan takliflarni ko‘rib chiqish va muhokama qilingan mavzular bo‘yicha ishlarni yakunlashdan iborat edi.

Telekommunikatsiya/AKT bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishida 5G ko‘rsatkichlari, AKT xizmatlari narxi, xizmat ko‘rsatish sifati va xalqaro rouming kabi mavzular muhokama qilindi. Bundan tashqari, xalqaro elektraloqa Ittifoqining barcha MSE elektron tarjima tillarida telekommunikatsiya/AKT bo‘yicha ma’muriy ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan ma’lumotnomasi rasmiy ravishda taqdim etildi.

Uy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishida AKT foydalanish ko‘nikmalarini hisoblash va internet foydalanuvchilari sonini hisoblash usullari kabi mavzular muhokama qilindi. Xalqaro elektraloqa ittifoqining AKTdan foydalanishni hisoblash va ularni uy xo‘jaliklari va shaxslar darajasida MSE elektron tarjima tilida ishlatish bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan qo‘llanma rasmiy ravishda taqdim etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Поделиться