O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bugun O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligida karantin qoidalariga amal qilgan holda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2020-09-28 | Texnologiyalar
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M.Umarov ishtirok etdi. Arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari onlayn tarzda qatnashdilar.
Hukumat qarori bilan (585-son, 26.09.2020 y.) Xusan Nurullayevich Isayev O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Isayev Xusan Nurullayevich AKT masalalari bo‘yicha Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi direktorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
“O‘zarxiv” agentligi Isayev Xusan Nurullayevichning kelgusi ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi «O‘zarxiv» Agentligi