O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Tojikiston madaniyat vazirlari hamda ilm-fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari vakillari ishtirokida “davra suhbati” bo‘lib o‘tdi

2020-09-28 | Madaniyat

TOSHKENT, 28-sentabr. /“Dunyo” AA/. Tojikiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi bir guruh ziyolilar qator ijodiy uchrashuvlar o‘tkazmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohasidagi do‘stona aloqalar va hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashishdan iboratdir.

Tojikiston milliy kutubxonasida ikki davlat madaniyat vazirlari Ozodbek Nazarbekov va Zulfiya Davlatzodaning muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat o‘rtasida imzolangan madaniy gumanitar sohadagi bitim o‘z yakuniga yetganligini inobatga olib yangi hujjat imzolash taklifi muhokama qilindi.

Shuningdek O.Nazarbekov tomonidan har ikkala davlatda saqlanayotgan o‘zbek va tojik xalqlari tarixi, adabiyoti va madaniyatiga oid kitoblarning nusxalarini almashish taklifi ilgari surildi.

Uchrashuv chog‘ida birgalikda madaniy tadbirlar o‘tkazish, madaniy meros ob’ektlari va muzeylar faooliyati yo‘nalishida hamkorlik qilish, karantin tadbirlari bekor kilinishi bilanoq O‘zbekistonda Tojikiston madaniyati kunlarini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ikki mamlakat ilm-fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari vakillari ishtirokida “davra suhbati” bo‘lib o‘tdi. Anjumanda bu kabi do‘stona aloqalarni davom ettirishda O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlarining o‘zaro samimiy do‘stlik munosabatlari keng yo‘l ochib berganini ta’kidlandi.

“Davra suhbati”da so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston va Tojikiston madaniyati kunlari o‘zbek va tojik xalqlarini yanada yaqinlashtirgani, nafaqat madaniyat va san’at, balki boshqa yo‘nalishlarda ham turli tadbirlar, sayohat va uchrashuvlar tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, Tojikiston vakillari tomonidan O‘zbekiston san’at va madaniyat institutida tojikistonlik yoshlar uchun teatr va kino mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etish taklifi bildirildi.

Uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbek va tojik xalqlari bir daraxtning ikki shoxi, bir daryoning ikki irmog‘iga o‘xshaydi. Bizning muqaddas dinimiz, yerimiz va suvimiz bir. Quvonchu tashvishlarimiz, taqdirimiz mushtarak. Ajdodlarimizning ezgu an’analarini davom ettirib, xalqlarimiz do‘stligini mustahkamlashimiz va asrab-avaylashimiz kerak”, degan so‘zlari mezbonlar tomonidan bоt-bоt tilga olindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться