O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek tili va madaniyati mavzusida onlayn konferensiya o‘tkazildi

2020-09-27 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi, Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi, Turk tili kengashi hamkorligida “O‘zbek tili va madaniyati” mavzusida onlayn konferensiya o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Anjumanda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida gumanitar sohada hamkorlikni kengaytirish, til sohasida ilmiy-madaniy aloqalarni yanada kuchaytirish, kelgusida birgalikda tadbirlarni tizimli o‘tkazish kabi masalalar muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti bilan Turkiya Respublikasining Madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi Otaturk madaniyat, til va tarix oliy organi va Turk til qo‘mitasi o‘rtasida ilmiy, amaliy, madaniy, huquqiy hamkorlik qilish o‘zagi bir turkiy tillarni rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Turkiyaning til masalalariga ixtisoslashgan davlat idoralari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish taklifini ilgari surdi.

O‘z navbatida, Turk til qo‘mitasi rahbari professor Gurer Gulsevin O‘zbekistonda o‘zbek tilining nufuzini ko‘tarish borasida olib borilayotgan faol islohotlarni yaqindan kuzatib borayotgani, ayrim jabhalar, jumladan, tilshunoslik sohasida tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, xalqaro hamkorlik borasida qilinayotgan ishlarni alohida e’tirof yetdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться