O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Markaziy Osiyo davlatlarining Suriya va Iroqdan qaytib kelgan shaxslarga nisbatan sa’y-harakatlari: yutuqlar, muammolar va to‘plangan tajriba” mavzusidagi onlayn tadbir to‘g‘risida

2020-09-27 | Siyosat

2020-yilning 25-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi doirasida BMTning Aksilterror boshqarmasi tomonidan Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markaz bilan birgalikda “Markaziy Osiyo davlatlarining Suriya va Iroqdan qaytib kelgan shaxslarga nisbatan sa’y-harakatlari: yutuqlar, muammolar va to‘plangan tajriba” mavzusida onlayn tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Vladimir Voronkov, Bosh kotibning maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari Natalya German, Giyohvanlik va jinoyatchilik bo‘yicha mintaqaviy vakolatxona rahbari Ashata Mittal, Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekspertlari hamda qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Unda diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar faoliyatida adashib ishtirok etgan fuqarolarning o‘z vataniga qaytishi va ularni jamiyatga qo‘shilishi sohasida hamkorlikni kuchaytirish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirning asosiy ma’ruzachilaridan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov nutq so‘zladi va mamlakatimizning ushbu sohadagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, xususan, “Mehr” va “Mehr-2” maxsus operatsiyalari doirasida Suriya va Iroqdagi qurolli mojarolar hududidan 200 dan ziyod yurtdoshlarimizni vatanga qaytarish bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida ishtirokchilarga ma’lumot berdi.

V.Voronkov, N.German, A.Mittal va tadbirning boshqa ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi doirasida bildirilgan 2021-yilda Toshkent shahrida Tashkilotning Global antiterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 10 yil oldin qabul qilingan Mintaqaviy qo‘shma reja doirasida erishilgan natijalar va o‘zaro hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusni yuqori baholadilar.

Shuningdek, o‘z fuqarolarini xavfli joylardan olib kelish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi ijobiy baholandi. Xususan, olib kelinganlarni tez fursatlarda oilalari bag‘riga va yaqinlari safiga qaytarish, ularni mahalla darajasida integratsiyalash, shuningdek, mahalliy sharoitga moslashtirish va jamiyatga qo‘shilishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar qayd etildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться