O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston manfaatlarini shartnomaviy-huquqiy vositalar bilan himoya qilishda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish – e’tibor markazida

2020-09-27 | Siyosat

Bu haqda joriy yilning 25-sentabr kuni videokonferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqishga bag‘ishlangan seminarda ta’kidlab o‘tildi.

Respublikamizning 46 vazirlik va idoralarining 100 dan ortiq vakillari ishtirok etgan mazkur tadbir Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Seminarda so‘nggi yillarda xalqaro norma ijodkorligi bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan olib borilayotgan ishlar faollashgani qayd etilib, BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashkilot sha’feligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishbo‘yicha tashabbuslarini ilgari surishda mutasaddi vazirlik va idoralar o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi dolzarb ekanligi e’tirof etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash yuzasidan qabul qilingan uslubiy ko‘rsatmalarni amalda qo‘llashbo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Ushbu hujjat O‘zbekistonning shartnoma-huquq sohasidagi deyarli 30 yillik tajribasi mahsuli bo‘lib, uni ishlab chiqishda BMTning tegishli yo‘riqnomalari, Yevropa va MDH davlatlarining uslubiy ko‘rsatmalari va eng yaxshi amaliyotlar inobatga olinganligi qayd etildi.

Uslubiy ko‘rsatmalarda xalqaro shartnoma loyihasini davlat tilidatayyorlashga e’tibor qaratilganligi hamda ularni mas’ul organning yuridik xizmati tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi belgilanganligi hujjatlarni ishlab chiqish sifatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirda hozirda ikki tomonlama xalqaro shartnomalarni tuzish, ko‘p tomonlama konvensiyalarga qo‘shilish jarayonida vujudga kelayotgan muammo va kamchiliklarmuhokama qilindi.

Seminar yakunida vazirlik va idoralar vakillari tomonidan shartnomaviy-huquqiy faoliyatda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться