O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQShda «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» taqdimoti virtual aloqa shaklida o‘tkazildi

2020-09-24 | Madaniyat

Nyu-YORK, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Nyu-York shahrida joylashgan «Mahalla USA» diasporal jamiyatida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 29 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim doirasida ushbu jamiyat qoshidagi o‘zbek tili va boshqa fanlarni o‘rgatishga ixtisoslashgan maktabga besh jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» taqdim qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Jamiyat rahbari Abdumalik Ahmedov va uning o‘rinbosari Dilshod Zokirov O‘zbekiston rahbariyati tomonidan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tiborni yuqori baholadi.

Tadbirda jamiyat qoshidagi maktabda «Odobnoma» darsi doirasida «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan o‘rin olgan mumtoz jumlalarni o‘quvchilarga o‘rgatishga kelishildi.

Bundan tashqari, Illinoys shtatining Chikago shahrida joylashgan «Chikagodagi O‘zbekiston-Amerika assotsiatsiyasi» diasporal jamiyati qoshidagi o‘zbek tilini o‘rganish maktabiga ham “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” sovg‘a qilindi.

Jamiyat rahbari Olim Sharipov mazkur ensiklopedik lug‘at nafaqat jamiyat qoshida tahsil olayotgan o‘quvchilar, balki kattalar uchun ham foydali ekanini qayd etdi.

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning taqdimoti Pensilvaniya shtatining Pittsburg shahrida joylashgan «Pittsburgdagi o‘zbeklar jamiyati» diasporal jamiyatida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 29 yilligiga bag‘ishlagan tantanali marosim doirasida, ushbu jamiyat qoshidagi o‘zbek tili va boshqa fanlarni o‘rgatishga ixtisoslashgan maktabda ham o‘tkazildi.

Jamiyat rahbari Bahodir Sodiqov yurtdoshlarimiz Vatandan yiroqda bo‘lishiga qaramasdan, ma’naviy ozuqa olish imkoniyati yaratilganidan mamnunligini izhor etdi.

Bosh konsulxona, shuningdek, ensiklopedik lug‘atlarning elektron nusxalari ham jamiyatga taqdim qildi.

Mamlakatdagi epidemiologik vaziyat sababli davlat sanitar idoralarining ijtimoiy faoliyatlarni cheklovchi qat’iy karantin choralarini joriy qilgani munosabati bilan barcha tadbirlar Bosh konsulxona tomonidan virtual aloqa shaklida tashkillashtirildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться