O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek futbolining afsonasi Mirjalol Qosimov 50 yoshda!

2020-09-18 | Sport

O‘zbek futbolining afsonasi Mirjalol Qosimov o‘zining yubiley 50 yoshini qarshi olmoqda.

Mirjalol Qo‘shoqovich Qosimov 1970-yil 17-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon va yoshlar o‘rtasida Yevropa chempioni, XII Osiyo o‘yinlari g‘olibi, 4 karra O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi. O‘zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi. Futbolchilik faoliyati davomida Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. Jumladan, «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni, «Shuhrat» medali, «Fidokorona xizmatlari uchun» va «Mehnat shuhrati» ordenlarining sohibi. Hozirda AGMK klubi bosh murabbiyi. Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada Mustaqil O‘zbekistonning dastlabki 10 yilligidagi eng yaxshi sportchisi deb tan olingan.
 
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Mirjalol Qosimovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться