O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Simli Internet xizmatlari uchun maxsus “MAKTAB” va “TALABA” imtiyozli tariflarni ishga tushirdi

2020-09-17 | Texnologiyalar

“O‘zbektelecom” AK maktab o‘quvchilari va talabalariga mo‘ljallangan simli Internet xizmatlari uchun maxsus “MAKTAB” va “TALABA” imtiyozli tariflarni ishga tushirdi.

“MAKTAB” tarif rejasi uchun abonent to‘lovi 55 000 so‘mni“TALABA” tarif rejasi uchun abonent to‘lovi 59 000 so‘mni tashkil etib, bu o‘z navbatida maktab o‘quvchilari va talabalar uchun yana bir qulaylikdir.

“MAKTAB” tarif rejasi faqatgina maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tarif rejani faollashtirish o‘quvchining tug‘ilganlik guvohnomasi taqdim etilganda, ota-onalardan birining nomiga rasmiylashtirib beriladi.
 

“TALABA” tarif rejasi oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalari (institut, universitet, litsey va kollejlar) talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Ulanish chog‘ida talabalik guvohnomasi yoki ta’lim muassasasida tahsil olishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish zarur.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться