O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan "Biz O‘zbekistonga befarq emasmiz" aksiyasi doirasida AQSh va Kanadadagi vatandoshlar xayriya yordami jo‘natdi

2020-09-16 | Jamiyat

VAShINGTON, 15-sentabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va mamlakatimizning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasidan xabar berishlaricha, kislorod konsentratorlari va impuls oksimetrlaridan iborat yordam jo‘natmasi Qarshi shahriga yetkazib kelindi. Ushbu yuk Qashqadaryo viloyatining sog‘liqni saqlash muassasalariga tarqatiladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ushbu tibbiy uskunalar "Biz O‘zbekistonga befarq emasmiz" xayriya aksiyasi doirasida AQSh va Kanadadagi vatandoshlar, ishbilarmon doira va nodavlat tashkilotlar vakillari tomonidan to‘plangan 100 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ hisobidan xarid qilindi.

Aksiya mamlakatimiz elchi Javlon Vahobov va Bosh konsul Kamol Ikromovning aprel oyida AQSh va Kanadada yashovchi o‘zbek diasporasi tashkilotlari rahbarlari va faollari bilan uchrashuvidan so‘ng boshlandi. Unda 15 ta diaspora tashkiloti vakillari, jumladan "Mahalla USA", "Chikagodagi O‘zbekiston – Amerika birlashmasi", "AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi", "Turkiston – Amerika uyushmasi", "Atlantadagi o‘zbeklar jamiyati", "Katta Filadelfiyadagi o‘zbeklar hamdo‘stligi", Siyetldagi "O‘zbek mahallasi" jamiyati, "Amerikadagi o‘zbeklar uyushmasi", "O‘zbekiston – Amerika vatandosh uyushmasi", "San-Fransisko ko‘rfazidagi o‘zbeklar jamiyat markazi", "Pittsburgdagi o‘zbeklar jamiyati", “Yangi Angliyadagi o‘zbeklar madaniyat markazi”, “Amerikadagi Samarqand forumi”, Floridadagi O‘zbekiston – Amerika assotsiatsiyasi” va “Vatandoshlar bilan aloqalar” jamiyatlari rahbarlari ishtirok etdi.

AQShdagi diplomatlarimiz so‘zlariga ko‘ra, Ogayo shtatidagi “Give To Get international Inc” xayriya fondi rahbari Shohrux Erjigitov, Pensilvaniya shtatidagi “AD Express Trucking” transport kompaniyasi direktori Azamat Asadov va Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti Boris Kandov, O‘zbekiston xalq artisti Izro Malakov, dunyoda xayriya faoliyati bilan tanilgan Amerikaning «Rotary Club» nodavlat tashkiloti, O‘zbekistonning AQShdagi faxriy konsuli Kerol Lopez, Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi universiteti doktoranti Dilsora Kamil hamda AQSh va Kanadada yashovchi ko‘plab boshqa vatandoshlar mablag‘ yig‘ishda faol ishtirok etdi.

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasining faol ko‘magi bilan yig‘ilgan mablag‘ evaziga Xitoydan 500 dan ziyod kislorod konsentratorlari va impuls oksimetrlari sotib olindi. O‘zbekiston hukumatining qaroriga binoan umumiy og‘irligi 8 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk Shanxaydan Toshkentga "Uzbekistan Airways" aksiyadorlik jamiyatining maxsus samolyotida beg‘araz asosda yetkazib berildi.

Elchixonamiz vakillari qayd etganidek, mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi arafasida "Biz O‘zbekistonga befarq emasmiz" aksiyasi va tibbiyot mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha mablag‘larni to‘plash bo‘yicha barcha harakatlarni muvofiqlashtirgan «Give To Get International Inc» xayriya jamg‘armasi a’zosi Saidahmad Arslonov mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy salohiyatini oshirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, fidoyi mehnat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi uchun 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan yuqori darajali davlat mukofoti – «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

AQShdagi diplomatik vakolatxonamiz ma’lumotiga ko‘ra, saxovat yukning bir qismi Surxondaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalariga ham tarqatiladi. Uskunalarni ushbu viloyatga yetkazish ishlarini tashkil qilish 15 sentyabr kuni kechqurun rejalashtirilgan.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться