O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-09-15 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abror Akbarov va qo‘mita mas'ul xodimlari ishtirokida Ukrainaning joriy yilda tayinlangan O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda chorvachilik sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va bu borada mutaxassislarni malakasini oshirish, qayta tayyorlash borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, davlat veterinariya nazorati ostidagi yuklarni o‘zaro savdo sotig‘ini tashkil etishda sharoitlar yaratish, mavjud muammolarga birgalikda yechim topish kabi masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
 
Uchrashuv avvalida N.Doroshenko Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasida barcha sohalarda konstruktiv o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlanib borayotganligini e'tirof etdi. 
 
Xususan, hozirda koronavirus pandemiyasi tarqalishi bilan bog‘liq cheklovlarga qaramay, tomonlar chorva va chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha savdo shartnomalarini amalga oshirish uchun zarur choralarni amalga oshirmoqdalar.
 
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan Ukraina Iqtisodiy rivojlanish, savdo va qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolash, shuningdek, yem-xashak ekinlari urug‘larini (soya) qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini qayd etdi.
 
Uchrashuv yakunida veterinariya va chorvachilik yo‘nalishida oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish hamda yosh olimlar tayyorlash borasida hamkorlik qilish kabi muhim jihatlarga alohida e'tibor qaratildi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Поделиться