O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ustyurt platosi janubiy hududlarining noyob hayvonlari
2020-09-14 | Fan
OʼzR FА Zoologiya instituti tomonidan Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ustyurt platosi janubiy hududlari faunasini oʼrganish maqsadida ekspeditsiya uyushtirildi.
Ekspeditsiya davomida Ustyurt platosining janubiy hududlarida joylashgan Sariqamish koʼlining shimoliy, sharqiy va gʼarbiy qirgʼogʼi bo’ylab va u yerda joylashgan chinklarda, Shoʼrja kotlovani atrofida va Qulantaqir geografik punktlarida ilmiy izlanishlar olib borildi.
Sariqamish koʼlidagi flamingo galasi
Tadqiqot jarayonlari
Tadqiqot ishlari davomida Oʼzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan jayron (Gazella subgutturosa G)larning kichik populyatsiyalari va qulon (Equus hemionus P)larning 60-70 boshli katta podasi aniqlandi hamda ularning bioekologik xususiyatlari oʼrganildi.
Sariqamish koʼlining sharqiy qirgʼogʼida joylashgan chinkning yoriqlarining biridan yoʼqolib ketish xavfi ostida turgan Ustyurt quyi (Ovis vignei arkal E) ning tunash joyi va izlari topildi.
Manba: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi