O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan yana bir kitob nashrdan chiqarildi

2020-09-12 | Madaniyat

Poytaxtning O‘zbek tili va adabiyoti universitetida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va Fanlar akademiyasi hamkorligida “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasi kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu qo‘llanmada tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida eng ko‘p qo‘llaniladigan hujjatlar, ularni tuzish tartib-qoidalari masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Hujjatlar tegishli namunalar bilan ko‘rsatilgan, qolaversa mazkur qo‘llanmada ish yuritishga oid lug‘atlar aks ettirilgan.

Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri A.Qirg‘izboyev qo‘llanma haqida fikr bildirar ekan, kitob birinchi navbatda, tashkilotlar rahbarlari va xodimlariga, boshqaruv faoliyatida bevosita hujjat ustida ishlovchilar, kotiblar, xodimlar bilan ishlash xizmati vakillari uchun ish yuritishda asosiy manba sifatida foydalanish mumkinligi taʼkidlandi. Kitob mualliflarining saʼyi-harakatlari, mehnatlari eʼtirof etildi.

Bu qo‘llanmaning to‘qqizinchi to‘ldirilgan va takomillashtirilgan nashri hisoblanadi. Hozirda 3000 nusxada chop ettirilgan bo‘lsa, adadini yanada ko‘paytirish rejalashtirilayotganligi aytib o‘tildi. Kitob Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga nashrdan chiqarildi.

Qo‘llanmani respublika taʼlim muassasalariga, vazirliklarga, davlat va xo‘jalik idoralariga, hokimliklarga bepul tarqatish rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti

Поделиться