O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDHga a'zo davlatlarning Savdo-sanoat palatalari rahbarlari kengashining videokonferenssaloqa formatidagi XVIII yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2020-09-10 | MDH
2020-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida MDHga a'zo davlatlarning Savdo-sanoat palatalari rahbarlari kengashining videokonferenssaloqa formatidagi XVIII yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi, ijrochi kotibi S.N.Lebedev, MDHga a'zo davlatlar palatalari rahbarlari kengashining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.I.Ikromov, shuningdek, MDHga a'zo davlatlarning Savdo-sanoat palatasi rahbarlari ishtirok etishdi.Uchrashuv boshida MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi, ijrochi kotibi Sergey Lebedev, shuningdek MDHga a'zo davlatlar palatalari rahbarlari kengashining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Ikramov Adham Ilhamovich qutlov nutqi bilan ishtirok etishdi
MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi, Ijrochi kotibi S.Lebedev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning mamlakatda "Biznes tashabbuslari haftaligi" ni tashkil etish va uning homiyligidagi MDH davlatlarining iqtisodiy faolligini mustahkamlash va oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish tashabbusi muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Shuningdek, u MDH davlatlari Favqulodda muxtor elchilari ishtirok etgan MDH SSP rahbarlari kengashining XVIII yig‘ilishining yuqori saviyada tashkil etilgani va bu kelgusidagi hamkorlik uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikromov o‘z nutqi davomida, Savdo-sanoat palatalarining ko‘p yillik faoliyati davomidagi sa'yi-harakatlari natijasida mazkur Kengash, biznesda o‘zaro hamkorlik qilish va Savdo-sanoat palatalari rahbarlari miqiyosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni o‘rnatish mexanizmi sifatida shakillangani va bu biznes yuritishda qulay sharoitlar yaratish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun platformani tashkil etishga katta hissa qo‘shganini ta'kidlab o‘tdi.
Tadbir davomida MDHga a'zo davlatlar palatalari rahbarlarining ma'ruzalari tinglandi va MDH davlatlari ishbilarmon doiralari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish, COVID-19 pandemiyasining MDHga a'zo davlatlar iqtisodiyoti uchun salbiy oqibatlarini minimallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash shuningdek, 2021 yil uchun Kengash faoliyatini tashkil etish, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi prezidenti Sergey Katirin o‘z nutqida, davom etayotgan pandemiya sababli vujudga kelgan vaziyatga qaramay, Kengash faoliyati yuqori darajada davom etishini, bugungi tadbir buning yaqqol isbot ekanligini ta'kidladi. Shuningdek u, MDH davlatlari Savdo-sanoat palatalarining mintaqaviy darajadagi hamkorligini rivojlantirish, savdo-iqtisodiy sohadagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash imkoniyatini berishiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
MDHga a'zo davlatlar palatalari rahbarlarining kengashi, Hamdo‘stlik mamlakatlari ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishda Palataning rolini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma hamkorlikni rivojlantirish zarurligini ta'kidlab, bu borada qilinayotgan ishlar yuqori natijalar berishiga ishonch bildirildi.
Muhokamalar davomida MDH mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida hamkorlik qilish uchun qulay me'yoriy-huquqiy bazani yaratishga ko‘maklashish, shuningdek, MDHga a'zo davlatlarning mintaqalari va chegara hududlarida mustahkam va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun Hamdo‘stlik makonida mintaqalararo va chegara aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.
Tadbir davomida MDHga a'zo davlatlar ishbilarmon doiralarining ko‘p qirrali investisiya loyihalari va yuqori texnologik yechimlarni aniqlash hamda amalga oshirish, shuningdek 2021 yilda rejalashtirilgan ko‘rgazma va yarmarka tadbirlarini o‘tkazish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mazkur yig‘ilishda ishtirokchilar MDHga a'zo davlatlar palatalari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishining bo‘lib o‘tish sanasi va joyini muhokama qildilar.
Tadbir yakunida MDHga a'zo davlatlar Savdo-sanoat palatalari rahbarlari kengashi XVIII yig‘ilishining yakuniy qarori imzolandi. Shuningdek MDHga a'zo davlatlar palatalari rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini 2021 yilda Dushanbeda o‘tkazish rejalashtirildi.
Ma'lumot uchun: MDHga a'zo davlatlar SSP rahbarlari Kengashi 2002 yil 26-27 noyabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tgan tashkiliy yig‘ilishda Armaniston, Belorusiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston savdo-sanoat palatalari rahbarlari o‘rtasida qabul qilingan qarorga muovfiq tashkil etilgan. Mazkur Kengashning asosiy maqsadi, palatalararo hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, MDH davlatlari savdo-sanoat palatalarining qo‘shma innovatsyalarini rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish masalalarida palata rolini oshirish, ko‘rgazma va yarmarka faoliyatini faollashtirish, yagona axborot makonini shakllantirish, mintaqa va chegaraolararo hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari, biznes uchun kadrlar tayyorlash va boshqalar hisoblanadi. Kengashda o‘zaro hamkrlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘p tomonlama shartnomalar imzolangan.
Manba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi