O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“ArMI-2020”: Tarixiy gʻalabani qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar munosib kutib olindi

2020-09-08 | Xavfsizlik sohasi

Milliy armiyamizning kuch-qudrati, Vatanimiz himoyachilarining jangovar shayligi yildan yilga yuksalib borayotganini yaqqol namoyon qilgan “Armi – 2020” xalqaro harbiy oʻyinlarining gʻolib va sovrindorlarining bir qismi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida katta tantanalar bilan kutib olindi.

Eslatib oʻtamiz, 23-avgustidan 5-sentabrigacha davom etgan “ArMI – 2020” xalqaro armiya oʻyinlarida 30 dan ortiq davlatning 160 dan ziyod jamoasi qatorida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 16 yoʻnalishda yaʼni, “Merganlik marrasi”, “Qurolsoz usta”, “Musaffo osmon”, “Artilleriya olovi ustasi”, “Yoʻl patruli”, “Qoʻshin razvedkasi aʼlochilari”, “Tank biatloni”, “Elburs halqasi”, “Sodiq doʻst”, “Xavfsiz marshrut”, “Dala oshxonasi”, “Harbiy ralli”, “Harbiy-tibbiy estafeta”, “Merganlar marrasi”, “Otliq marafon”, “Avtozirxli tanktexnika ustasi” musobaqalarida faol ishtirok etdi.

Hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 30 dan ortiq mamlakat harbiylari oʻrtasida jami 16 yoʻnalishda yuqori pogʻonalarni egallab, umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egalladi.

Tantanali kutib olish marosimida Mudofaa vazirligi rahbariyati, vazirilik huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, Oliy Majlis Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi vakillari ishtirok etdi.

Toshkentga yetib kelgan gʻolib va sovrindorlar IIV YPX xodimlari va Oʻzbekiston mototsiklchilar assotsiatsiyasi vakillari hamrohligida Toshkent shahridan Boʻstonliqdagi karantin zonasiga kuzatib qoʻyildi.

Oʻz taqdirini Vatan taqdiri bilan bogʻlagan, oriyatni, gʻurur va sadoqatni hamma narsadan ustun bilgan bu yigitlar yana bir bor xalqimizning hurmat-ehtiromini qozondi.

Doimo elning togʻdek tayanchi, suyanchi va farovon hayotning ishonchli kafolati boʻling, qadrli yurt oʻgʻlonlari!

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться