O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijodiy imtihonlar Madaniyat vaziri nazorati ostida o‘tkazilmoqda

2020-09-04 | Ta’lim

Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini kuzatib boryapti.

Vazir 3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tashrif buyurdi va abituriyentlarning ijodiy imtihonlardagi ishtirokini bevosita kuzatdi. Vazir kuzatuvi chog‘ida ko‘plab yosh iqtidorlarning mahorati va iste’dodini e’tirof etdi, bo‘lajak madaniyat sohasi vakillarini mahoratini olqishladi. Shu bilan bir qatorda ayrim abituriyentlarning tayyorgarlik darajasi o‘ta sust ekanligi, ba’zilarida esa yetarlicha salohiyat sezilmayotgani, ularning ishtirokidan ko‘ngli to‘lmayotganini ham yashirmadi. Buning asosiy sababini boshlang‘ich ta’limda musiqa va san’at sohasiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi,bu yo‘nalishda professional kadrlar yetishmayotganligi va musiqiy ta’limning oqsayotgani bilan izohladi.

“Musiqa va san’at maktablaridagi ta’lim jarayonlari anchagina izdan chiqqan, ta’lim sifati pasayib ketgan, buni mazkur muassasalar ko‘plab bitiruvchilarining imtihonlardagi bugungi ishtiroki misolida yana bir bor guvohi bo‘ldik. Bu degani Madaniyat vazirligi oldida boshlang‘ich ta’lim tizimida ham kechiktirib bo‘lmaydigan ko‘plab chora-tadbirlar borligini bildiradi”, - deya ta’kidladi O.Nazarbekov.

Vazir shu o‘rinda imtihon komissiyasi a’zolaridan oliy ta’lim muassasasiga “tasodifiy talabalar” kirib qolmasligi uchun bor imkoniyatni ishga solib, faqatgina haqiqiy iqtidorlarni talabalikka qabul qilish lozimligiga alohida urg‘u berdi.

Eslatib o‘tamiz joriy yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga 16 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (undan 2 ta ta’lim yo‘nalishi Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti uchun istisno tariqasida qabul qilingan) jami 1852 nafar abiturentlar hujjat topshirgan bo‘lib, ular soni o‘tgan yilgiga nisbatan 30 % ga ko‘paygani yoshlarimizning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishlari ortib borayotganidan darak beradi.

Mazkur ta’lim muassasasida ijodiy imtihonlar 16 sentyabrga qadar davom etadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi

Поделиться