1-sentabrda Tokio-2020 Olimpiya mash'alasi Tokiodagi Yaponiya olimpiya muzeyiga qo‘yildi. Mash'ala joriy yilning boshida Gresiyaning ko‘hna maydonida yoqilgan edi.
Shundan so‘ng u “Tokio-2020” Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan maxsus tayyorlangan marosim bilan olib kelingan va bu yerda 1-noyabrgacha saqlanadi.
Kelgusi yilda Olimpiya mash'alasini 10 000 nafar yaponiyalik butun mamlakat bo‘ylab olib o‘tadi.
– 2021-yilda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga intilayotgan sportchilar COVID-19 pandemiyasidan tashvishlanayotganliklarini tushunib turibman, – dedi Yaponiya Olimpiya qo‘mitasining prezidenti Yamasita Yasuxiro. – Olimpiya mash'alasining Yaponiyada namoyish etilishi ular uchun umidvor ramz bo‘lishiga ishonchim komil.
“Tokio-2020”ning kelgusi yilga ko‘chirilishi sababli Olimpiya mash'alasi mezbon mamlakatda rekord muddatda saqlanib turadi.
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi