O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Teatr va kinoteatrlarga ruxsat berilmoqda
2020-09-02 | Madaniyat
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yil 5-sentabrdan boshlab, quyidagilar faoliyatiga ruxsat beriladi:
tomosha va madaniy-ko‘ngilochar ob'yektlar (faqatgina teatr va kinoteatr) faoliyatiga
parklar va istirohat bog‘laridagi attraktsionlar faoliyatiga.
Barcha ob'yektlarda sanitariya qoidalariga ya’ni, tashrif buyuruvchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda navbatda turishini ta’minlash; antiseptik vositalaridan foydalanish, tibbiy niqobda bo‘lish, har soatda yoki har bir foydalangandan so‘ng dezinfektsion vositalar bilan tozalash talab etiladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi