O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Terma jamoamiz to‘laqonli o‘quv-mashg‘ulotlarni boshladi
2020-09-02 | Sport
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi rejalashtirilgan edi. Terma jamoamiz vakillari o‘yin oldi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini tashkil etmoqda.
Milliy jamoamiz a’zolari «Bunyodkor» akademiyasi maydonida bugundan mashg‘ulotlarga kirishdi.
Dastlab asosiy e’tibor tiklanish mashqlariga qaratilgan bo‘lsa, asta-sekin mashg‘ulotlar to‘la hajmda davom ettirilib asosan to‘p bilan ishlashga ahamiyat berildi.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik bahsi 3-sentabr kuni soat 19.00 da «Lokomotiv» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu bahsda tema jamoamizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi