Jizzakh Petroleum: texnik imkoniyatlari jihatidan MDHda yagona kimyoviy kompleks loyihasi ustida ish olib borilmoqda
1-sentabr 2020 y, Toshkent. Jizzakh Petroleum Oʻzbekistonda MTO texnologiyasi asosidagi yagona kimyoviy gaz kompleksi qurilishi loyihasini amalga oshirishdagi muhim qadam haqida xabar qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq Jizzakh Petroleum kompaniyasi Oʻzbekistondagi MTO (“Loyiha”) texnologiyalari asosidagi yangi zamonaviy kimyoviy kompleksi loyihasining majoritar investorlaridan biriga aylandi. Loyihaning amalga oshirilishi haqida ilk marta 2019-yilning mayida xabar berilgandi.
Ushbu kimyoviy kompleks oʻz kengligi va texnik imkoniyatlari jihatidan MDH davlatlari hududida yagona sanaladi. Zavod Oʻzbekistonning Buxoro shahrida quriladi va u mahalliy xom ashyo asosida faoliyat olib boradi. Bu eksportga qaratilgan yuqori qoʻshimcha qiymatli gaz-kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga tabiiy gazni sotish imkonini beradi.
Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Oʻzbekiston iqtisodiyotini diversifikatsiya qilinishiga, tekstil, kimyoviy, parafarmatsevtik sanoatning rivojlanishiga va Oʻzbekistondagi import hajmining kamayishiga olib keladi.
Zavodning hududiy joylashuvida raqobatbardosh xom ashyo va energiya manbalarining mavjudligi, infratuzilmaning qulayligi, Yevropa va Osiyoning asosiy bozorlariga yaqinligi inobatga olindi. Ushbu loyiha mahalliy hududda Oʻzbekistonning energetika boʻyicha liderligini yana-da kuchaytiradi.
“Jizzakh Petroleum” QK MCHJ bosh direktori janob Shokir Fayzullayev qoʻyidagicha fikr bildirdi:
– Bugungi qiyin vaziyatga qaramasdan, biz noyob va ulkan loyihani amalga oshirishda katta oʻzgarishlar qila olganimizdan mamnunmiz. Biz sof va xavfsiz kelajak yoʻlida Oʻzbekiston va butun hudud uchun yangi uglerod iqtisodiyotini yaratishda innovatsion loyihalar va ularning yechimini qoʻllab quvvatlash orqali asosiy rolni bajarishga harakat qilyapmiz.
Jamiyat uchun yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqaradigan dunyo miqyosidagi kimyoviy kompaniya tuzish niyatidamiz va bu loyiha bizning tasavvurimizga toʻliq mos keladi. Bizning yondashuvimiz ishlab chiqarish masalalarini toʻgʻridan toʻgʻri hal etishgagina emas, balki barcha yetkazib beruvchilar zanjirini va qiziqqan tomonlar manfaatlarini hisobga olishga qaratilgan. Biz iqtisodiyotimizga katta hissa qoʻshadigan, Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo xalqi manfaatlariga xizmat qiladigan zamonaviy kompleksni roʻyobga chiqarishda barcha hamkorlar va maslahatchilar bilan yaqindan va uzoq muddatli hamkorlikka tayyormiz.
Loyiha ustidagi ishlar uzluksiz davom etmoqda va Covid 19 pandemiyasi bilan bogʻliq boʻlgan muammolarga qaramasdan birinchi bosqich yakunlangan. Loyihaning marketing tahlili va konfiguratsion tadqiqoti texnik hamkor va maslahatchilar, jumladan IHS Markit, Nexant i Amec Foster Wheeler (Wood) yordamida tugatildi. Bugungi kunda soʻnggi bosqich litsenziarlarni tanlash bosqichi yakunlanmoqda, shundan soʻng zavodning bazaviy loyihasi (FEED) ustida ish boshlanadi.
IHS Markit tadqiqot xulosasi asosida 47 ishlab chiqilayotgan keyingi bosqich olifinlardan 18 ta yakuniy mahsulot tanlab olingan. Shundan soʻng Nexant kompaniyasi 18 xildagi mahsulotni detalli marketing tahlil qildi, rejali ishlab chiqarishga qoʻyidagilar kirgizildi: zichligi past polietilen (PENP), etilen-vinilatsetat (EVA), polietilentereftalat (PET) va polipropilen (PP).
Marketing tadqiqotlari natijalari zavodni bunyod etishdagi bazaviy konfiguratsiyaning turli variantlari uchun asos boʻlib xizmat qildi. AFW (Wood) loyihalarning turli konfiguratsiyalarini tadqiq qilib, boʻlajak gaz-kimyoviy kompleks uchun eng optimal variantni tanladi. Konfiguratsiya tahlillariga asosan qurilish summasi 2,8 mlrd. dollarni tashkil qiladi.
Qurilish ishlari bitgach, bir yilda 500,0 ming tonna olefin ishlab chiqish quvvatiga ega yangi zamonaviy zavod 1,5 mlrd. kub metr tabiiy gazni qayta ishlaydi va jahon iqtisodiyotining koʻplab sektorlarida ishlatiladigan yuqori sifatli polimerlarni ishlab chiqaradi.
Manba: O'zA