O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistondan ikkita loyiha xalqaro tadbirkorlik chempionatiga yo‘llanma oldi

2020-08-31 | Fan

Joriy yilning 27-avgust kuni Entrepreneurship World Cup xalqaro tanlovining milliy saralash bosqichi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi. G‘olib bo‘lgan loyiha tanlovning jahon finalida taqdimot o‘tkazish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Tadbirkorlik bo‘yicha Entrepreneurship World Cup finali uchun innovatsion startap loyihalarini saralash bosqichi yakunlandi. Milliy saralash boschiqi esa Innovatsion rivojlanish vazirligi va IT-park Xalqaro tadbirkorlik tarmog‘i hamda «The Global Education and Leadership Foundation» jamg‘armasi (Hindiston) ko‘magida onlayn rejimida bo‘lib o‘tdi.

Milliy saralash bosqichida 10 ta jamoa ishtirok etdi. Bular GameFall (OAV va ko‘ngilochar loyihalar), Coozin (EdTech, oziq-ovqat texnologiyalari), RQ (moliya texnologiyalari), Telework asia (Katta ma’lumotlar / sun’iy intellekt), IMAN (moliya texnologiyalari), Proteus (Energiya va barqarorlik), Delivera (Mobillik / Transport), Sogdia (Toza texnologiyalar, oziq-ovqat texnologiyalari), Amarant misolida o‘simlik materiallar xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar (Qishloq xo‘jaligi), ModMe (Katta ma’lumotlar / EdTech) jamoalaridir.

Milliy saralash bosqichi natijalariga ko‘ra ikkita jamoa Milliy saralash bosqichi g‘olibi deb topildi. Birinchisi "IMAN" startapi bo‘lib, u Islom moliya qonunchiligi doirasida investorlar hisobiga tovarlarni darhol yoki bo‘lib to‘lash orqali onlayn yoki oflayn do‘konlar uchun elektron tijorat platformasini taqdim etadi. Ikkinchisi esa, "Proteus" startapidir. Suv oqimi, kanallar yoki daryolar yaqinida joylashgan xonadonlar va iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishga qaratilgan mavzkur loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri suvga o‘rnatilgan, qo‘shimcha to‘g‘onlarni yoki boshqa tuzilmalarni talab qilmaydi, arzon va foydalanish oson bo‘lgan ichki turbinalar orqali ishlaydi.

G‘oliblar endi o‘z loyihalarini xalqaro miqyosda namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Musobaqaning jahon miqyosidagi final bosqichida 3 ta eng yuqori o‘rinnni egallagan jamoalarga mukofot jamg‘armasi 1 mln. AQSh dollari miqdoridagi yutuq uchun kurashadilar.

Bundan tashqari, musobaqa ishtirokchilari EWC tanlovi ko‘magida yetakchi xorijiy mutaxassislarning mentorlik darslarida qatnashish, biznes aloqalarini kengaytirish, loyihalariga investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro bozorlarga chiqish kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться