O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligida fuqarolik jamiyati institutlari muammolari tanqidiy muhokama qilindi

2020-08-29 | Jamiyat

Joriy yil 28-avgust kuni adliya vaziri R. Davletov nogironligi bo‘lgan shaxslarni himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va faollari bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida adliya vaziri R. Davletov yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etib, pandemiya sharoitida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash har qachongidan ham muhim ekanligini, davlatimiz rahbarining 2020-yil 19-maydagi Farmoni bilan adliya organlari zimmasiga nodavlat sektorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish vazifasi yuklatilganligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida jamoatchilik eshituvi, monitoringi va jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish nodavlat sektor orqali amalga oshirilishi, biroq, amaliyotda bu turdagi jamoatchilik nazorati shakllari yetarlicha amalga oshirilmayotganligi qayd etildi.

Jamoatchilik nazorati shakllaridan, ayniqsa, “jamoatchilik eshituvi”ning muhim ekanligi, chunki mazkur nazorat shakli davlat organlari va mansabdor shaxslarining faoliyatiga taalluqli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni muhokama qilish uchun zarurligi, shu sababli jamoatchilik eshituvini yanada ko‘chaytirish lozim ekanligini ta’kidlandi.

Jamoat fondlariga ajratilgan mablag‘larni ishlatish jarayonining shaffofligini ta’minlash, bugungi kunda jamiyatning havotiriga sabab bo‘layotgan talon-tarojliklarni oldini olish maqsadida umuman yangi bo‘lgan ochiqlik standartini joriy etish lozimligi vazirlik tomonidan ilgari surildi.

Ushbu standartda homiylar va uchinchi shaxslar mablag‘larini jalb qiluvchi va sarf qiluvchi har qanday davlat yoki nodavlat jamg‘armalari, notijorat tashkilotlari har bir ishlatilgan mablag‘ bo‘yicha jamiyat oldida aniq, batafsil va kengaytirilgan hisobotni davriy ravishda berib borishining yuqori talablari belgilanishi lozim.

Tadbirda ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etish bilan bog‘liq faoliyat kamayganligi, nodavlat sektor tizimidagi ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati to‘xtab qolayotganligi, xodimlarning ish haqlarini berishda muammolar bo‘layotganligi, davlat grantlari, subsidiya va ijtimoiy buyurtma shaklidagi mablag‘lar mahalliy davlat hokimiyati organlarining xarajatlariga qo‘shilmayotganligi kabi muammo va kamchiliklar muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekiston nogironlar jamiyati rahbari K. Abdullayev nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun chet davlatdan olib kelinadigan insonparvarlik yuklarini rasmiylashtirishda ayrim muammolar bo‘layotganligini, “Menga umr baxsh et” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari G. Iskandarova esa bolalar uylarining 100 ga yaqin bitiruvchilari uchun “Yoshlar mahallasi” nomli pilot loyihani amalga oshirish uchun yer maydoni ajratishda qiyinchilik bo‘layotganligini aytib o‘tdi.

O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi rahbari O. Isakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi qarori bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning tovarlari (ishlari, xizmatlari)ni xarid qilish uchun kvotalar taqdim etish belgilangan bo‘lsada, ushbu masala haligacha to‘liq o‘z yechimini topmayotganligini bayon qildi.

Ta’kidlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ularni respublika bo‘yicha tahlil qilish va Hukumatga takliflar kiritish, bu kabi uchrashuvlarni imkon qadar ko‘proq o‘tkazib borish, shuningdek ishchi guruhlar tuzgan holda vazirlik va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olindi.

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari unifikatsiya qilinib, yagona Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeks loyihasini ishlab chiqish jarayoni yakunlanayotganligi va ushbu kodeks loyihasi nimasi bilan muhim va ahamiyatli ekanligiga tushuntirish berildi.

Uchrashuv davomida nodavlat sektor faoliyatiga noqonuniy aralashish va ularning huquqlarini buzish holatlarini aniqlash bo‘yicha doimiy monitoring olib borish, ular faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlikni joriy etish, vazirlik huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida nodavlat sektor vakillari uchun o‘quv kurslarini tashkil etish vazifalari belgilab olindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться