O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublikamizda vodorod energetikasini rivojlantirish masalasi muhokama etildi

2020-08-28 | Fan

2020-yilning 28-avgust kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Energetika vazirligi mutaxassislari hamkorligida energetika sohasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, ilm-fan va innovatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarini kuchaytirish, kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlarni muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida respublikada vodorod energetikasini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. Ta’kidlash joizki, ekologik muammolarning kuchayishi, uglevodorod zahiralarining kamayishi, ekologik sof energiya manbalariga talabning ortishi, texnologiyalar (xususan, nanotexnologiyalar)ning rivojlanishi sababli dunyoda vodorod energetikasi sohasida izlanishlarni kengaytirish uchun kuchli turtki bo‘ldi. Mazkur izlanishlarning aksariyati, hozirda boshlanish davrini o‘tayotganligi munosabati bilan, ilmiy-tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlariga yetarli e’tibor berilsa, mamlakatimiz vodorod energetikasi bo‘yicha dunyoda o‘ziga xos mavqeni egallashi mumkin.

Shu munosabat bilan, Innovatsion rivojlanish vazirligi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda “Vodorod energetikasi texnologiyalari ilmiy-amaliy innovatsion markazi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ishlab chiqildi. Tashkil etilishi rejalashtirilgan markaz respublikadagi ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining sohani rivojlantirish borasidagi imkoniyatlarini birlashtirishi, tadqiqotlar olib borish uchun poligon yaratishi, horijiy ilg‘or ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini oshirish, doktorantlar, talabalar va magistrlar uchun amaliyot o‘tish bazasi bo‘lib xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasining energiya tizimiga o‘zgaruvchan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ta’sirini o‘rganish bo‘yicha respublika energiya tizimida ish olib boruvchi tashkilotlar — Energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va KDTS “Energiya” mutaxassislari tarkibidan iborat ishchi guruh AQShning USAID agentligining “Power the Future” mintaqaviy dasturi amaliy yordami bilan onlayn-treninglar asosida bir qancha tadqiqotlarni olib bormoqda.

Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konventsiyasi O‘zbekiston Respublikasida Parij kelishuvini ratifikatsiya qilinishi mamlakat uchun bir qancha majburiyatlarni belgilab qo‘ydi. Shu munosabat bilan, Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasida chiqarib yuborilayotgan issiqlik, yo‘ldosh va fakel gazlari salohiyatini hamda foydalanishga muvofiqliligini o‘rganish, yoqilg‘isiz qo‘shimcha energiyani ishlab chiqarishda ikkilamchi energiya resurslardan foydalanish imkoniyati o‘rganilmoqda.

Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini innovatsion rivojlantirish va sohada ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida loyihalar tanlovlari o‘tkazilmoqda. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi loyihalar tanlovi natijalariga ko‘ra “Sanoat korxonalarining energiya iste’moli monitoringi uchun avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha yillik 460,0 mln so‘m hajmda moliyalashtirilmoqda.

Tanlovga kelib tushgan boshqa loyihalar bo‘yicha tanlov bosqichlari yakuniga yetkazilmoqda. Energetika vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida o‘tkaziladigan loyihalar tanlovi uchun joriy yilning 1-avgust holatiga  ko‘ra umumiy qiymati 39,3 mlrd. so‘m bo‘lgan jami 24 ta tematik loyiha mavzulari taqdim etilgan.  Ushbu mavzular o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy baholangan tematik  mavzular bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться