O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilariga mukofotlar topshirildi
2020-08-28 | Ta’lim
Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning 27-avgust kuni Xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilda masofaviy tarzda oʻtkazilgan xalqaro kimyo va biologiya fan olimpiadalarida ishtirok etgan terma jamoamiz aʼzolari yurtimiz sharafini munosib ravishda himoya qildi.
Xususan, 25-iyul kuni masofaviy tarzda oʻtkazilgan nufuzli 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida dunyoning 60 davlatidan jami 235 nafar iqtidorli oʻquvchi ishtirok etdi. Ushbu olimpiadada 4 nafar iqtidorli oʻquvchilardan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.
24-avgust kuni masofaviy tarzda oʻtkazilgan, dunyoning 52 davlatidan jami 262 nafar iqtidorli oʻquvchi ishtirok etgan 31-Xalqaro biologiya olimpiadasida yurtimiz sharafini 4 nafar iqtidorli oʻquvchi himoya qilib, 1 ta oltin va 2 ta kumush medallarini qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, Xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan yoshlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq quyidagi miqdorlarda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin (oltin medal) uchun — oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 500 (111 mln 500 ming soʻm) baravari, oʻqituvchisiga — 450 baravari (100 mln 350 ming soʻm) miqdorida;
2-oʻrin (kumush medal) uchun — oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 300 (66 mln 900 ming soʻm) baravari, oʻqituvchisiga — 250 baravari (55 mln 750 ming soʻm) miqdorida;
3-oʻrin (bronza medal) uchun — oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 (44 mln 600 ming soʻm), oʻqituvchisiga — 150 baravari (33 mln 450 ming soʻm) miqdorida bir martalik pul mukofotlari belgilangan.
Shuningdek, xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar va taʼlim muassasasi direktorlariga navbatdagi oʻquv yili uchun direktor jamgʻarmasidan oltin, kumush va bronza medallari boʻyicha tegishlicha qoʻshimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama toʻlanadi.
Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, joriy yilning sentyabr oyida ham Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Xalqaro matematika va Xalqaro informatika olimpiadalarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun:
2020-yil Xalqaro kimyo va Xalqaro biologiya olimpiadasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan, bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlangan oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilari
Biologiya fanidan
Oʻquvchi |
Taʼlim muassasasi |
Natija |
Pul mukofoti miqdori |
Oʻqituvchisi |
Pul mukofoti miqdori |
Saida Valijonova |
Toshkent shahri Yunusobod tumani TPTI akademik litsey oʻquvchisi |
Oltin medal |
111 500 000 soʻm |
Artikbay Ishankulov |
100 350 000 soʻm |
Ravshanbek Karimov |
Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani BDU akademik litsey oʻquvchisi |
Kumush medal |
66 900 000 soʻm |
Dilbar |
55 750 000 soʻm |
Sardor |
Jizzax viloyati Jizzax shahri JDPI akademik litsey oʻquvchisi |
Kumush medal |
66 900 000 soʻm |
Bozormurod Abduvaxitov |
55 750 000 soʻm |
Kimyo fanidan
Oʻquvchi |
Taʼlim muassasasi |
Natija |
Pul mukofoti miqdori |
Oʻqituvchisi |
Pul mukofoti miqdori |
Mirumid Mirakbarov |
Toshkent shahri Yunusobod tumani TPTI akademik litsey oʻquvchisi |
Kumush medal |
66 900 000 soʻm |
Dilshod Xaydarov |
55 750 000 soʻm |
Dilshodaxon Isayeva |
Toshkent shahri Yunusobod tumani TPTI akademik litsey oʻquvchisi |
Kumush medal |
66 900 000 soʻm |
Baxtiyor Usmonov |
55 750 000 soʻm |
Firdavs |
Buxoro viloyati Buxoro shahri 35-maktab oʻquvchisi |
Bronza medal |
44 600 000 soʻm |
Amin |
33 450 000 soʻm |
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi